» » AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi Daniel Rozenblyum Toshkentga keldi  

AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi Daniel Rozenblyum Toshkentga keldi  


AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi Daniel Rozenblyum Toshkentga keldi hamda o‘z faoliyatini boshladi.

TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, elchi bugun, 24-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashgan.

Vazir elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, uni samimiy qutladi va mas’uliyatli vazifasini bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil may oyida AQShga rasmiy tashrifi hamda oliy va yuqori darajadagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim masalalar ham muhokama qilindi.

Avvalroq, AQShning yangi elchisi O‘zbekiston xalqiga o‘zbek tilida murojaat qilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют