» » Qashqadaryoda jurnalistlarning tanqidiy chiqishlariga munosabat bildiradigan ishchi guruh tuzildi

Qashqadaryoda jurnalistlarning tanqidiy chiqishlariga munosabat bildiradigan ishchi guruh tuzildi


Qashqadaryoda OAVda jurnalistlar tomonidan ko‘tarib chiqilgan muammoli holatlarga o‘z vaqtida munosabat bildiruvchi, jurnalist, bloger va mutaxassislardan iborat 7 kishilik ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh tarkibi viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot xizmatlari faoliyatiga doir davra suhbatida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi o‘rinbosari Dolli Allayev bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar va xorij OAVlarida voqealarni asl mohiyatini tushunib yetmay yoritish holatlari uchrab turganligini ta’kidlab, ishchi guruh shunday axborot beruvchilarga ham o‘z vaqtida munosabat bildirishi zarurligini bildirdi.

Viloyatdagi davlat tashkilotlari matbuot xizmati rahbarlari va jurnalistlar ishtirok etgan davra suhbatida matbuot xizmatlari faoliyati tahlil qilindi. Tahlil davomida ochiqlanishicha, viloyatdagi 72 ta davlat va jamoatchilik tashkilotining 39 tasida rasmiy sayti bor. Shundan 31 ta sayt oxirgi 3-4 yilda yangilanib turgan bo‘lsa, 25-26 tasidagi eng yangi xabar 2015, 2016 va 2017- yillarga to‘g‘ri keladi. Nari borsa 5-6 ta sayt bugungi kunda “yashayapti”.

Dolli Allayevga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy hokimiyat va davlat tashkilotlari faoliyatiga doir noxolis axborotlarning ko‘payishiga asosiy sabab — matbuot xizmatlari o‘z ishini yetarli darajada bajarmayotganligidan.

Tadbirda so‘z olgan “Qashqadaryo” gazetasi bosh muharriri Kamoliddin Karimov matbuot xizmati xodimlarining axborot berishni paysalga solishini tanqid qildi.

— Kitob tumanida kelgan sel va uning oqibatlari haqida bilish uchun Favqulotda vaziyatlar boshqarmasining rasmiy izohini 3 kun kutdik, — deydi Kamoliddin Karimov. — Shu 3 kunda berilgan javobni ham qayta-qayta so‘rayverganimizdan keyingina olishga muvaffaq bo‘ldik. Vaholanki, bu orada xorijiy OAVlarda asoslanmagan, tasdiqlanmagan, sel talofatlarini bo‘rttirib ko‘rsatuvchi videolar ham tarqalib ulgurdi.

Tadbirda “Daryo” muxbiri viloyat prokuraturasi matbuot xizmati respublika hududida faoliyat yurituvchi OAVlarda chop etilayotgan tanqidiy maqolalarga munosabat bildirmasligi, ammo xorij OAVsida e’lon qilingan har bir tanqidiy xabar ularning e’tiboridan chetda qolmayotganligini aytdi.

Biroq tadbirda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati ishtirok etmayotganligi bois, savol ochiq qoldi. “Daryo” muxbiri savoliga javob berishga uringan viloyat hokimi o‘rinbosari bu haqda viloyat prokurori Botir Yusupovga ma’lum qilishi va ushbu holatga tez orada izoh berishlarini aytdi.

“Huquq” gazetasi muxbiri Norbo‘ta G‘oziyev esa viloyat hokimi o‘rinbosari Sirojiddin Azizov ushbu nashrda e’lon qilingan ichimlik suvi haqidagi tanqidiy maqolaga munosabat bildirishda soxta ma’lumotlar taqdim etganini bildirdi.

Dolli Allayev endilikda viloyat hokimining har bir o‘rinbosari hokim tasdiqlagan rejaga ko‘ra jurnalistlar bilan shaxsan uchrashib, matbuot anjumani o‘tkazishi, yuqoridagi kabi holatlarga o‘zi izoh berishini va’da qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют