» » O‘tgan hafta davomida Toshkentda qariyb 20 ming marta yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etildi

O‘tgan hafta davomida Toshkentda qariyb 20 ming marta yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etildi


20-may kunidan 26-maygacha Toshkent yo‘llarida IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan 19 913 marta Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etildi, shulardan 3 299 tasi – qo‘pol tarzda buzilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Umumiy statistikaning ba’zi raqamlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin:

23 kishi spirtli ichimlik ta’siri ostida o‘z transport vositalarini boshqargan.

Shuningdek, avtomobildan tashqari boshqa transport vositalarini boshqaradigan haydovchilarning mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashlari qayd etildi.

Avtomobil boshqarish davomida telefon orqali gaplashish faktlari hafta davomida 120 marta qayd etildi, videomonitor ishlatish esa – 4 marta.

Svetoforning taqiqlovchi belgisini mensimaslik YPX inspektorlari tomonidan 194 marta qayd etildi. Ushbu qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yganlarga nisbatan nafaqat Ma’muriy Kodeksning 128-4-moddasi bo‘yicha bayonnoma tuzilishi mumkin, balki jiddiy yo‘l-transport hodisasi yo‘l berishi ehtimoli ham yo‘q emas.

Belgilangan davr ichida transport vositasini boshqarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarsiz boshqarish faktlari YPX inspektorlari tomonidan 298 marta qayd etildi.

156 nafar haydovchilar yangi transport vositasini xarid qilib, uni YHXB RO‘ va IOBda o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazishni unutgan. Buning uchun esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasiga muvofiq (2-qismi) jazo ko‘zda tutilgan.

Shu davr ichida ikki nafar haydovchi avtomobilni qalbaki yoki o‘zgartirilgan davlat raqam belgilari bilan boshqargan. Bu esa Kodesning 125-moddasiga (6-qismi) muvofiq, eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Transport vositasini piyodalar yo‘lakchalari bo‘ylab boshqarish o‘tgan hafta davomida 165 marta qayd etildi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, bu harakat EKIHning ? baravaridan 4 baravarigacha jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Hafta davomida Yo‘l harakati qoidalarini buzish natijasida transport vositasiga yoki boshqa mulkga zarar yetkazish faktlari 555 marta YPX inspektorlari tomonidan qayd etildi. Kichik to‘qnashuvlar aybdorlarini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 134-moddasi bo‘yicha EKIHning ikki baravaridan to‘rt baravarigacha jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yil muddagacha mahrum etilish kutmoqda.

Piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishi o‘tgan hafta davomida 1480 marta qayd etildi. Haydovchilar piyodalarni noo‘rin harakatlarda ayblay turib, o‘zlari mashinani tark etishlari bilan piyodaga aylanishlarini eslaridan chiqaradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют