» » O‘zMTRK va Umumrossiya davlat televideniye va radioeshittirishlar kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi

O‘zMTRK va Umumrossiya davlat televideniye va radioeshittirishlar kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi


Joriy yilning 27-may kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Umumrossiya davlat televideniye va radioeshittirishlar kompaniyasi o‘rtasida teleeshittirishlar va radioeshittirishlar sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi shartnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, shartnoma O‘zbekiston Milliy telereadiokompaniyasi raisi Alisher Xo‘jayev va Umumrossiya davlat televideniye va radioeshittirishlar kompaniyasi direktori Oleg Dobrodeyev tomonidan imzolandi.

Mazkur hujjat bilan siyosiy, iqtisodiy rivojlanish, ikki mamlakat hayotining turli jabhalari va madaniyatiga oid dolzarb masalalarni keng yoritish orqali tomonlarning teleeshittirishlar va radioeshittirishlar sohasidagi hamkorligi uchun huquqiy asoslar yaratiladi.

Teleradiokompaniyalarning har ikki mamlakat hududida o‘tkaziladigan xalqaro festivallar, forumlar, kongresslar va turli tadbirlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют