» » Yengilmagan Astana Arlans muddatidan avval pley-offda. Uzbek Tigers’ning imkoniyati qanday?

Yengilmagan Astana Arlans muddatidan avval pley-offda. Uzbek Tigers’ning imkoniyati qanday?


Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 4-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi 18-mart, shanba kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Xitoyning China Dragons bokschilariga qarshi bahs olib borib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini rasmiylashtirdi.

Shu kuni guruh peshqadami – Qozog‘istonning Astana Arlans bokschilari o‘z uyida Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasiga qarshi bahs yuritdi va 4:1 hisobida zafar quchdi. “C” guruhi 4-turidan keyin qozog‘istonlik bokschilar jamoasi birorta mag‘lubiyatsiz 12 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. 2 ta mag‘lubiyat va 2 ta g‘alabadan keyin Uzbek Tigers ochkolari sonini 6 taga yetkazib, guruhda 4-pog‘onadan 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

“Olamsport” nashrining qayd etishicha, Qozog‘iston jamoasi qolgan ikki bellashuv natijasidan qat’i nazar pley-off yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ydi. “Sports.uz” nashrining ta’kidlashicha, WSB turniri qoidalariga ko‘ra 12 jamoa uchta – “A”, “B” va “C” guruhlarida o‘zaro raqobatlashmoqda. Har bir guruhdan 1–2-o‘rinlarni egallagan hamda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan ikkita uchinchi o‘rin sohibi keyingi bosqichga chiqadi.

“A” guruhida Kolumbiyaning Colombia Heroicos bokschilari ham nimchorak final masalasini hal qilib ulgurgan. O‘tgan yilgi chempion – Kubaning Cuba Domadores bokschilari ham katta ehtimol bilan pley-offga yo‘l oladi.

“B” guruhida vaziyat biroz chigallashgan. Bir yo‘la 3 jamoa hisobida 7 ochko mavjud. Ularning barchasi qolgan janglarda faqat g‘alaba uchun ringga chiqishini taxmin qilish qiyin emas.

Ma’lumot o‘rnida, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan 4 ta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyin Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilishga erishdi. 4-turda esa O‘zbekiston jamoasi China Dragons’ni 5:0 hisobida yutdi va safardagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi.

Uzbek Tigers guruh bosqichi 5-turini 1-aprel kuni Toshkentda Astana Arlans’ga qarshi o‘tkazadi. So‘nggi turda esa O‘zbekiston jamoasi Rossiyaga safar uyushtirib, 22-aprel kuni Patriot Boxing Team bilan kuch sinashadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют