» » Qashqadaryo pillakorlari qariyb 2 ming tonna pilla tayyorlab, yillik shartnomani bajardi

Qashqadaryo pillakorlari qariyb 2 ming tonna pilla tayyorlab, yillik shartnomani bajardi


Qashqadaryo viloyati pillakorlari bugungi kungacha qariyb 2 ming tonna “kumush tola” tayyorlab, shartnoma majburiyatini bajardi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Bekzod Mamatqulov xabar bermoqda.

— Bu yil ilk mavsumda viloyatda barcha zvenolar tomonidan 35 ming 500 quti ipak qurti parvarishlandi, — deydi viloyat “Agropilla” MChJ rahbari Rajabali Meyliyev. – Ipak qurti boqish hadisini puxta o‘zlashtirgan voha pillakorlarining bu muvaffaqiyatiga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tarmoqda olib borilayotgan izchil islohotlar, fermerlarni moddiy rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, xarid narxlari oshirilib, mablag‘lar mavsum boshidanoq bo‘nak sifatida berilgani, shuningdek, uy sharoitida pilla yetishtirish bilan shug‘ullanadigan fuqarolar daromad solig‘idan ozod qilinib, bir pilla mavsumi pillachilarga pensiya tayinlashda yillik ish staji sifatida hisoblanayotgani muhim omil bo‘ldi.

Hozirgi kunda ayrim hududlarda pilla hosilini qabul nuqtalariga topshirish jadal davom etayotgan bo‘lsa, bir qator tumanlarda ko‘zda tutilgan reja allaqachon uddalanib, endi xirmonni yanada yuksaltirishga kirishilgan.

Jumladan, 3 ming 825 quti ipak qurti parvarishlagan Kasbi tumani pillakorlari qayta ishlash korxonalariga 210 tonnadan ziyod kumush tola sotib, shartnoma rejasini viloyatda birinchi bo‘lib bajargan bo‘lsa, viloyatning yillik pilla rejasini bajarishda Koson, Mirishkor, G‘uzor, Shahrisabz va Qamashi tumanlari pillakorlari munosib hissa qo‘shdi.

Avvalroq Qarshi tumanidagi bolalar bog‘chasi binosi hududida “tuman hokimi topshirig‘i bilan” pilla parvarish qilingani haqida “Daryo” surishtiruvi chop etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют