» » Qanday qilib qorinni yo‘qotsa bo‘ladi? Olimlar eng samarali usulni aniqladi

Qanday qilib qorinni yo‘qotsa bo‘ladi? Olimlar eng samarali usulni aniqladi


Amerikalik olimlar qorin qismidagi yog‘ni yo‘qotish uchun qisqa mashqlar yordam berishi haqida xulosaga keldi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yosh o‘tishi bilan mushak massasi qisqarishi kuzatiladi va bu o‘z navbatida ko‘p hollarda qorin va badanning tepa qismida yog‘ to‘planishiga olib kelishi mumkin.

Bu qorin semizligi deyiladi, bu esa yurak-qon kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi.

Olimlar tadqiqot o‘tkazdi, unda 70 yoshli kishilar ishtirok etdi.

Ularning yarmi 10 hafta mobaynida kuniga 3 marta qisqa mashqlarni bajardi. Qolganlar esa odatdagi hayot tarzini davom ettirdi.

Boshida mashqlar 18 daqiqa davom etgan, biroq asta-sekin ularning davomiyligi 36 daqiqaga yetgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sport bilan shug‘ullanganlarning yog‘ massasi turmush tarzini o‘zgartirmagan kishilar bilan taqqoslaganda uchdan bir qismga kamaygani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, ularning mushaklari ham ko‘paydi.

Shu bilan birga, mutaxassislarning ta’kidlashicha, qisqa mashqlar erkaklarda ko‘proq samarali natija bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют