» » Ekspert: O‘zbekiston ma’muriy sudlari fuqaroning yonida turib, davlat organlarining xatosini tuzatadigan institutga aylanishi kerak

Ekspert: O‘zbekiston ma’muriy sudlari fuqaroning yonida turib, davlat organlarining xatosini tuzatadigan institutga aylanishi kerak


O‘zbekistonda ma’muriy sud tizimi davlat organlarini tiyib turuvchi institutga aylanishi lozim. Bu fikr Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi Serikbek Muratayev tomonidan bildirildi.

28—29-may kunlari Toshkent davlat yuridik universiteti va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati tomonidan “Bugungi O‘zbekistonda ommaviy huquq rivojlanishining tendensiyalari: konstitutsiyaviy va ma’muriy huquqning munozarali savollari”ga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy simpozium o‘tkazildi.

Simpoziumda qatnashgan Serikbek Muratayevning “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan intervyusida ta’kidlashicha, bugungi kunda ma’muriy sudlar aksariyat hollarda ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bilan cheklanib qolmoqda. Fuqarolar ham ushbu sudlov organini faqat jarima yoki mayda huquqbuzarliklarga jazo tayinlovchi tuzilma deb biladi.

“Aslida esa sud hokimiyatining mazkur bo‘g‘ini davlat boshqaruv organlarini nazorat qiladigan, xatosini tuzatadigan va kamchilikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, fuqaro tomonida turib, ta’sir choralarini qo‘llaydigan institutga aylanishi lozim”, — dedi yuridik fanlar nomzodi Muratayev.

Uning aytishicha, ma’muriy sud instituti 1863-yildan buyon amalda bo‘lgan Germaniya tajribasi O‘zbekistondagi ushbu soha oldida turgan muammolarga yechim bo‘la oladi.

“Germaniyada ma’muriy sudlarning davlat organlariga ta’siri juda kuchli. Ularda boshqaruv organlarining rahbarlari ‘ma’muriy sudlarga ishimiz tushmasin’ deb, xavotirda turadi va muammolarga o‘z vaqtida yechim topishga harakat qiladi. Chunki mamlakatda ma’muriy boshqaruv organi bilan fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga tez yechim topiladi. Sudga biror murojaat kelib tushdimi, qonunda belgilangan tartibda, juda qisqa muddatda — 10 kun, nari borsa, 15 kunda javob beriladi. Barchasi ortiqcha qog‘ozbozlik va yugur-yugurlardan xoli”, — deydi olim.

O‘zbekistonda ma’muriy sud instituti 2017-yilda tashkil etilgan, 2019-yil yanvaridan “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirgan. Lekin mansabdorlar hali bu qonun, bu o‘zgarishlarning mohiyatini tushunib yetayotgani yo‘q, deb hisoblaydi Muratayev.

“Davlat organlarining mansabdor shaxslari bu qonunning mazmun-mohiyatini to‘liq tushunib yetganicha yo‘q. Qonun hali o‘zining 30 foiz samarasini ham berib ulgurmadi. Chunki bizda qonunni kuchga kiritish mexanizmini yaratash maqsadida qonunosti hujjatlari ko‘payib ketmoqda. Vazirlik va idoralarning yo‘riqnomalari, qarorlari shular jumlasidan. Amaliyotda qonunosti hujjatlarning ko‘pi fuqarolarga notanish, buni hamma ham bilavermaydi va, ayniqsa, uni istalgan vaqtda topib bo‘lmaydi. Shuning uchun qonunlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita kuchga kiritishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют