» » Navoiy viloyati FVB YoXB tomonidan avtomobillardagi yong‘inni 30 soniyada o‘chiradigan maxsus texnika ixtiro etildi (foto)

Navoiy viloyati FVB YoXB tomonidan avtomobillardagi yong‘inni 30 soniyada o‘chiradigan maxsus texnika ixtiro etildi (foto)


So‘nggi yillarda fuqarolarning transport vositalariga ruxsat etilmagan yoki sinov muddati o‘tib ketgani gaz balonlarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatishi oqibatida avtomobillarda gaz balonlarining portlash holatlari sodir bo‘lmoqda, deb xabar berdi Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Bunday vaziyatlar ro‘y berganda tezlik bilan yong‘inni o‘chirish maqsadida Navoiy viloyati FVB YoXB xodimlari tomonidan maxsus yong‘in o‘chirish texnikasi ixtiro etildi. Ushbu maxsus texnika statsionar hisoblanib, avtomobillarga yoqilg‘i qo‘yish shahobchalarida hamda avtoturargohlarda o‘rnatish imkoniyati mavjud.

Vazifasiga ko‘ra yong‘in sodir bo‘lgan yengil avtomobilga kiydiriladi va 1000 gradusga chidamli qoplama bilan o‘rab olinadi hamda ko‘pik hosil qiluvchi modda aralashmasi sepiladi. Maxsus texnikaning o‘zi bilan birga 80 litr hajmda ko‘pik aralashmasiga mo‘ljallangan sisternasi mavjud bo‘lib, doimiy suv manbasiga ulangan holda bo‘ladi.

Maxsus texnikaning uzunligi 4,5 metr balandligi va eni 2 metrdan iborat. Ushbu qurilmaning yana bir afzalligi uni bir kishi boshqaradi va 30 soniya ichida yong‘in o‘chiriladi. Ushbu qurilmani o‘lchamiga moslab og‘irligi 8 tonnagacha bo‘lgan avtomobillardagi yong‘inni o‘chirish uchun ham ishlatish mumkin.

Navoiy viloyati FVB tomonidan kelgusida ham maxsus texnikalar, o‘t o‘chirish va qutqarish anjomlarining taktik-texnik xususiyatlarini takomillashtirish, sohada innovatsion yangiliklarni qo‘llash rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют