» » 1-iyundan Ozbekiston qonunchiligida qanday ozgarishlar yuz beradi

1-iyundan Ozbekiston qonunchiligida qanday ozgarishlar yuz beradi


2019-yil 1-iyundan kuchga kiradigan biznes, ijtimoiy soha, davlat xizmatlari korsatish tartibi va boshqa sohalardagi eng muhim ozgartirishlarning qisqacha sharhi haqida Norma xabar berdi.

Investitsiya vizasi joriy etiladi

U 1-martdan joriy etilmoqchi edi, biroq texnik sabablarga kora muddat 2019-yil 1-iyunga kochirildi. Hozircha u xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar Navoiy EIZ ishtirokchilari va ularning oila azolari uchungina rasmiylashtiriladi. Vizaning amal qilish muddati 3 yilgacha, uni mamlakat tashqarisiga chiqmasdan uzaytirish mumkin.

Zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga kreditlar boyicha kompensatsiya

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qollab-quvvatlash davlat jamgarmasi zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni sotib olish uchun berilgan kreditlar boyicha foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiyalaydi. U MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan, biroq 5 foizlik punktdan ortiq bolmagan qismni qoplaydi. Bunga Davlat budjetidan 20192020-yillarda 40 milliard somgacha ajratiladi.

LBMA qoshidagi Markazda ekspertiza

Elektron hukumat tizimi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida loyihalarning texnik topshiriqlari va tender hujjatlari endi LBMA qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markaziga ekspertizaga kiritiladi. Bunda korsatilgan hujjatlar Iqtisodiyot va sanoat vazirligida kelishilmaydi.

Loyihalarning qiymatidan qati nazar, yangi qoidalar qollaniladi. Ekspertizadan otkazish uchun QQSni hisobga olmagan holda, cheklangan qiymatning 0,5 foizi ( narx korsatkichlarining ortacha bozor darajasini organish yakunlari boyicha dastlabki hisob-kitoblar asosida shakllantiriladi), tender hujjatlari boyicha esa har bir lot summasidan, biroq 100 EKIHdan ortiq bolmagan miqdorda tolov undiriladi. Ekspertiza 100 foiz oldindan haq tolash sharti bilan amalga oshiriladi.

Rangli metallarni qayta ishlashga ruxsat berildi, reja bekor qilindi

Elektrotexnika sanoati tashkilotlariga ishlab chiqarish faoliyati natijasida hosil bolgan rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlashga ruxsat berildi. Oz ishlab chiqarish quvvatlarida yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda mahsulotni qaytarish asosida qayta ishlash, qayta ishlangan xom ashyodan esa mahsulot tannarxini kamaytirish maqsadida takroran foydalanish mumkin.

Endi rangli metall parchalari va chiqindilarini topshirish prognoz korsatkichlari belgilanmaydi.

Sud qarorlarini ijro etish: yangi qoidalar

Endi ijro ishi yuritishni qozgatish togrisidagi buyruq ijro hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab 1 ish kuni (ilgari 3 kun) ichida chiqariladi. Ijro harakatlarini amalga oshirishga obyektiv ravishda tosqinlik qiluvchi holatlar mavjud bolgan taqdirda, ularni kopi bilan ikki marta kechiktirish mumkin boladi.

Davlat ijrochisi tomonidan tayinlangan mutaxassislar ijrochining qarori bilan tanishgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida yozma xulosa taqdim etishga majbur ekanligi belgilandi. Bunday chora ijro ishini yuritish muddatlari chozilishiga tosqinlik qilishi kerak.

Davlat xizmatlari: internet orqali arzonroq

Davlat xizmatlarini korsatish tartibiga ikkita muhim ozgartirish kiritildi.

Birinchidan, endi royxatdan otgan joydan va pochta manzilidan qati nazar, istalgan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish, yani xizmatlarni eksterritorial tamoyil boyicha olish mumkin.

Ikkinchidan, davlat xizmatlari YaIDXP orqali olinganda davlat boji, yigimlar va boshqa tolovlar Markazlar orqali yoki bevosita xizmat korsatuvchi organlarga murojaat etganda tolanadigan summadan 90% miqdorida tolanadi.

Toshkent viloyatida kochmas mulkka yangi hujjatlar

Poytaxt mintaqasida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish jarayoni soddalashtirilmoqda. Binolar, inshootlar va kop yillik daraxtlarga bolgan huquqning davlat royxatidan otkazilganligi togrisidagi guvohnoma orniga bu yerda maxsus QR-kod bilan himoyalangan kadastr pasporti beriladi. Mamlakatning qolgan hududida Kochmas mulk obyektlariga bolgan huquqlarning davlat reyestridan elektron kochirma qollanilmoqda.

Ijtimoiy himoyani raqamlashtirish

Bir qator davlat organlari va tashkilotlari Elektron hukumatning idoralararo malumotlarni uzatish tarmogiga ulanadi. Bu Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimiga real vaqt rejimida kirishni taminlaydi. Mazkur bosqichda tizim ijtimoiy yordam korsatish jarayonida qatnashuvchi turli organlar ortasida elektron formatdagi 17 ta ozaro hamkorlik liniyalarini taminlaydi. Masalan, Pensiya jamgarmasi DSQ, Maktabgacha talim vazirligi Pensiya jamgarmasi va hokazo.

1-oktyabrdan boshlab ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va tolashning bunday tizimi Sirdaryo viloyatida pilot rejimida ishlay boshlaydi. 2020-yil fevralda butun mamlakatda undan tolaqonli foydalanila boshlaydi.

Ish haqi oshiriladi

Quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

Mahalladagi lavozimga yuqoridan tayinlaydilar

Endi fuqarolar yiginlari xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha tuman (shahar) kengashlari raislarining birinchi orinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi. Ilgari bu mahalla raisi (oqsoqoli) vakolatiga kirar edi. Mazkur chora, boshqalari qatori, mahalla institutining masuliyatini oshirish boyicha chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan.

Elektr va gaz narxi oshadi

Endi tabiiy gazning 1 kub metri maishiy istemolchilarga 350 somga tushadi. Idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yuridik shaxslar yotoqxonalari, XUMSh va mahalliy qozonxonalar gazni xuddi shu narxda sotib oladi. Istemolchilarning ushbu toifasi istemol qilingan elektr energiyasining 1 kVt/s uchun 280 som tolaydi.

Bundan tashqari, yer togrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish bilan bogliq MJTKga tuzatishlar oy davomida kuchga kiradi.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-05-2019, 22:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
:
-
:
20 ... -