» » O‘tgan hafta davomida Toshkentda 21 mingdan ortiq Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etildi

O‘tgan hafta davomida Toshkentda 21 mingdan ortiq Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etildi


Joriy yilning 27-may kunidan 2-iyunigacha Toshkent yo‘llarida 21 116 marta Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan qayd etildi, shulardan 3 420 tasi – qo‘pol tarzda buzilganlik faktlari. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Umumiy statistikaning ba’zi raqamlari bilan quyidagi jadvalda tanishib chiqishingiz mumkin:

24 nafar haydovchilar tekshirilganlarida, ular avtotransport vositasini spirtli ichimlik ta’siri ostida boshqarganliklari aniqlandi.

O‘tgan hafta davomida to‘rt marta transport vositalari haydovchilarining spirtli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastligi yoki mast emasligini belgilangan tartibda aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashlashlari qayd etildi.

Avtomobil boshqaruvi davomida telefondan foydalanganlar (hafta davomida 139 ta bayonnoma) ham, videomonitordan foydalanganlar ham (5 ta bayonnoma) qo‘lga tushdi.

Svetoforning taqiqlovchi signalini mensimaslik hafta davomida 192 marta qayd etildi. Aslida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-4-moddasiga muvofiq bayonnoma tuzilishi, ushbu qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan haydovchi uchun yengil qutulishdir.

O‘tgan hafta mobaynida 342 nafar haydovchilarda transport vositasini boshqarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar bo‘lmagani YPX inspektorlari tomonidan qayd etildi. Yangi marka xarid qilgan 131 nafar haydovchilar ularni tegishli tarzda ro‘yxatdan o‘tkazishni unutib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasiga muvofiq jazolandi.

27-maydan 2-iyunga qadar to‘rt nafar fuqarolar qalbakilashtirilgan yoki o‘zgartirilgan avtoraqamlar bilan avtomobil boshqarganliklari aniqlandi. Bu esa Kodeksning 125-moddasiga (6-qismi) muvofiq EKIHning o‘n baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Transport vositasini piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab boshqarish faktlari o‘tgan hafta davomida 188-marta qayd etildi. Bu Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga muvofiq EKIHning ? baravaridan 4 baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

O‘tgan hafta davomida YPX inspektorlari 652 marta haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan qoidabuzarlikni qayd etdi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 134-moddasiga muvofiq, bu kabi qoidabuzarlik aybdorini EKIHning 2 baravaridan 4 baravarigacha miqdordagi jarima, yoki transport vositasi boshqaruvi huquqidan olti oydan bir yilgacha mahrum bo‘lish kutmoqda.

O‘tgan haftada to‘xtash va to‘xtab turish qoidalari buzilishiga alohida e’tibor berildi: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-6-moddasi bo‘yicha 1962 ta bayonnomalar tuzildi.

Piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishi 1496 marta qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют