» » O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi


Qurolli Kuchlar akademiyasida “O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan ma’naviy va axborot sohasidagi tahdid va xavf-xatarlar, shaxsiy tarkibni informatsion-psixologik tajovuzlardan himoya qilish yo‘llari va usullari” mavzuidagi ilmiy-uslubiy anjuman o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Anjuman ishida Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi, Respublika Harbiy prokuraturasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekiston milliy universiteti vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

“Mamlakatlar rivojlanish, o‘sish, yuksalishga yuz tutayotgan sari axborot olamida noan’anaviy tahdidlar paydo bo‘lmoqdaki, bu xalqaro mojarolarning qiyofasini butunlay o‘zgartirib, informatsion-psixologik xurujlar xavfini oshirmoqda. Bugunvayronkor g‘oyalar targ‘ibotchilari zamonaviy internet texnologiyalaridan foydalanish orqali insonlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlariga ta’sir o‘tkazishga jon-jahdi bilan kirishgan. Ularning maqsadi – bunyodkorlik ruhidagi boy madaniyatimiz, ma’naviy qadriyat va an’analarimizga mutlaqo zid bo‘lgan tushunchalarni yoshlarimizning ongu tafakkuriga singdirish. Inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan har qanday tadbir esa ayanchli oqibatlarga olib kelishi hech kimga sir emas”, – deydi Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Husan Botirov.

Ma’ruzalarda harbiy xizmatchilarning informatsion-psixologik xavfsizligini ta’minlash borasidagi dolzarb masalalar, globallashuv sharoitida inson ongini boshqarishga urinishlar, aholiga informatsion-psixologik ta’sir etish usullari, bu borada ba’zi chet el ommaviy axborot vositalarining tutayotgan yo‘li, mamlakatning ma’naviy-axloqiy asoslariga putur yetkazishga qaratilgan bunday xurujlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalari, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida axborot xurujlariga qarshi kurashni tashkil etishning istiqboldagi modeli xususida so‘z bordi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют