» » Andijonda gullar bayrami o‘tkazildi (fotoreportaj)

Andijonda gullar bayrami o‘tkazildi (fotoreportaj)


Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Andijonni ko‘rkam va obod viloyatga aylantiraylik!” shiori ostida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov yakunlariga bag‘ishlangan gullar bayrami bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Viloyat hokimining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkirbek Shukurovning ma’lum qilishicha, har yili Mustaqillik bayram oldidan o‘tkazib kelinayotgan ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi bunyodkorlik va obodonlashtirish borasidagi ilg‘or tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ommalashtirish, el-yurt farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarda aholi, ayniqsa, yosh avlodning faol ishtirokini ta’minlash, qishloq, mahalla, tashkilot va muassasalarda tozalik-orastalik, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini keng yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Tanlov mobaynida xonadonlar, ko‘p qavatli turar joy binolari atrofining ozodaligi, saranjom-sarishtaligi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, shuningdek, xalq amaliy san’ati va milliy hunarmandlikni keng namoyish etishga alohida e’tibor qaratilgan hamda maxsus hakamlar hay’ati tomonidan baholab borilgan.

Ko‘rik-tanlov yakuni doirasida viloyat markazida tashkil etilgan gullar bayramida viloyat madaniyat, sport, xalq ta’limi, kasb-hunar kollejlari, maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari hamda oliy o‘quv yurtlari, tadbirkorlar va hunarmandlar tomonidan ko‘rgazmalar namoyish etildi.

Viloyatning shahar va tumanlaridan kelgan gulchilar o‘z mehnat mahsullarini namoyish etdi.

— Gulchilik bilan 1992-yildan buyon shug‘ullanaman, — deydi Andijon tumani, Qo‘shariq mahallasidan Azimjon Dolimov. – Bunga og‘ir xastalikka uchrab gul jozibasi — “gul terapiyasi” orqali sog‘ayib ketganim sabab bo‘ldi. Hozirda 3,5 sotixli issiqxonada 40 turdagi noyob turlarini yetishtirmoqdaman. Surxondaryo, Qashqadaryo, Qo‘qon va boshqa hududlardan xaridorlar kelishmoqda.

Festival yakunida Qo‘rg‘ontepa tumani “Eng obod tuman”, Paxtaobod tumani, Uchko‘za mahallasi “Eng ko‘rkam mahalla” nominatsiyalarida g‘olib deb topildi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi alohida faolligi uchun maxsus nominatsiyalar bilan taqdirlandi.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida mazkur festival bundan keyin har yili may oyining uchinchi dekadasida muntazam ravishda tashkil etilishini ma’lum qildi.

Kech oqshomga qadar davom etgan festival bog‘ning yozgi amfiteatrida o‘tgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestrining konsert dasturi bilan yakunlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют