» » O‘zbekistonda kombaynlarga GPS navigatorlar o‘rnatilmoqda

O‘zbekistonda kombaynlarga GPS navigatorlar o‘rnatilmoqda


Sanoqli kunlardan keyin dalalarda kuzda ekilgan boshoqli don ekinlari pishib yetiladi. Zalvorli mehnat evaziga yetishtirilgan hosilni qisqa fursatda, nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish esa soha mutasaddilari, dehqon-u fermerlar oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi, deb yozadi O‘zA.

Ta’kidlash lozimki, joriy yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida mazkur agrotexnik tadbirni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida barcha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilib, “2019-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini o‘z vaqtida nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi majlis bayoni qabul qilindi.

Mazkur yig‘ilish bayonida o‘rim-yig‘im mavsumida qatnashishi ko‘zda tutilayotgan barcha kombaynlarga GPS navigatorlari o‘rnatilishini va g‘alla o‘rimi mavsumi davomida ularning beto‘xtov ishlashini ta’minlash eng asosiy masalalardan biri sifatida qayd etib o‘tildi.

Ushbu hujjat ijrosi doirasida “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati sohaga aloqador mutaxassislar bilan birgalikda kombaynlarga GPS navigatorlari va yig‘ilgan don miqdorini ko‘rsatib turadigan datchiklar o‘rnatish ishlarini amalga oshirmoqda. Mazkur jarayonda yosh mutaxassis sifatida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalari ham faol qatnashmoqda. Bu esa kelajakda ularning o‘z sohasida malakali kadr bo‘lib yetishishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi “Agroservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida tajriba-sinov tariqasida 470 dona kombaynga GPS navigatorlari va yig‘ilgan don miqdorini ko‘rsatib turadigan datchiklar o‘rnatildi.

“Ushbu datchiklar modifikatsiyalashgan bo‘lib, ular kombaynning bunkeriga va yonilg‘i bakiga o‘rnatiladi va o‘rim-yig‘im paytida kombayn bunkeriga yig‘ilgan don miqdori va ketayotgan yonilg‘i sarfini uzluksiz aniqlab boradi. Aniqlangan ma’lumotlar avtomatik tarzda kombayn kabinasidagi monitorga va GPS orqali markaziy tizimga uzatib beriladi. Bu o‘rim-yig‘im paytida har bir kombaynda qancha don yig‘ilayotgani va qancha yonilg‘i sarf bo‘layotgani yoki kombaynlarda sodir bo‘lgan nosozliklar haqida tezkor ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. Olingan ma’lumotlar tahlil qilinib, nobudgarchilikka yo‘l qo‘yilayotgan yoki yonilg‘i sarfi ortib ketgan kombaynlarga tegishli tuzatishlar kiritiladi. Natijada talofatsiz va isrofgarchiliksiz yakunlanishi kafolatlanadi”, — deydi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi Abdujabbor Valiyev.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, joriy yilda viloyatda 3 ming 585 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 141 ming 800 gektar suvli hamda 63 ming gektar lalmi maydonlarda boshoqli don ekinlari parvarishlandi. Hosilni yig‘ib olish uchun jalb etilgan 470 ta yuqori unumli kombaynning aksariyati yangi, xususan, 70 tasi 2019-yilda xarid qilingan Klass rusumidagi kombayn. Ayni paytda ularning barchasi texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, mavzumga shay holatga keltirilgan. Kombaynlarning to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash maqsadida har biriga ikki nafardan haydovchi tayinlangan. Ularga mavsum boshidanoq bir necha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda 1 million so‘mdan pul mukofotlari tarqatildi.

Shuningdek, har bir kombayn negizida bitta otryad tashkil etilgan. Ushbu otryadlarga o‘rimda qatnashadigan texnikalarning doimiy sozligini ta’minlash maqsadida ko‘chma ta’mirlash ustaxonasi, yonilg‘i va moylash materiallari yetkazib beruvchi texnikalar biriktirilib, otryad a’zolarining mehnat qilishi va dam olishi uchun dalaning o‘zida zarur sharoit yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют