» » Farg‘onada 75 ming so‘m qarzdorlikni deb MIB xodimi kaltaklandi

Farg‘onada 75 ming so‘m qarzdorlikni deb MIB xodimi kaltaklandi


Farg‘ona shahrining Qo‘qon ko‘chasida Majburiy ijro byurosi xodimi kaltaklandi, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.

Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi davlat inspektori Sh.Qodirov Qo‘qon ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.F.ning xonadoniga kelib, foydalanilgan elektr energiyasi uchun 75 ming so‘mlik qarzdorlik hosil bo‘lgani, qonunda ko‘rsatilgan besh kun muddat berilganligiga qaramay, qarz bartaraf etilmaganini aniqlagan.

Shu bois vakolati doirasida keyingi harakatlarni amalga oshirishga majbur ekanini iste’molchiga tushuntirishga harakat qilgan. Biroq fuqaro A.F. unga dag‘dag‘a qilib, haqorat va po‘pisa qila boshlaydi.

Davlat inspektori o‘zini himoya qilish maqsadida uyali aloqa vositasi orqali tasvirga olishga tushganda, A.F.ning ukasi chiqib kelgan. Ular uyali aloqa telefonini olib qo‘yish maqsadida inspektorni bo‘g‘ib, bir necha marotaba tepgan. Natijada davlat inspektoriga tan jarohati yetgan.

Ayni paytda Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro A.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 1) ( 72) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...