» » Qozog‘iston MSK: Qosim-Jo‘mart To‘qayev 70,96 foiz ovoz to‘plab, prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqdi

Qozog‘iston MSK: Qosim-Jo‘mart To‘qayev 70,96 foiz ovoz to‘plab, prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqdi


Qosim-Jo‘mart To‘qayev saylovchilarning 70,96 foiz ovozini to‘plab, Qozog‘istondagi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqdi. Bu haqda mamlakat markaziy saylov komissiyasi a’zosi Lazzat Sulaymon ma’lum qildi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.

“To‘qayev 70,96 foiz ovoz oldi. Saylovlarda bunga huquqi bo‘lgan saylovchilarning 77,4 foizi ishtirok etdi”, — dedi u MSK majlisi davomida.

Komissiyaning yakuniy natijalariga ko‘ra, jurnalist va siyosiy arbob Amirjon Kosanov 16,23, parlament quyi palatasi deputati Daniya Yespayeva 5,05 foiz ovoz to‘plagan.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev uning inauguratsiya marosimi 12-iyunga rejalashtirilganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют