» » Gretsiyadagi bombali jo‘natmalar kimga yuborilganligi ma’lum bo‘’ldi

Gretsiyadagi bombali jo‘natmalar kimga yuborilganligi ma’lum bo‘’ldi


Gretsiyada topilgan bombali jo‘natmalar Yevropa markaziy bankining ofislaridan biriga, shuningdek, Yevropa Ittifoqining ikki nafar yuqori darajali mansabdorlariga yo‘naltirilganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga asoslanib, “Korrespondent.net” ma’lum qildi.

Agentliknng ma’lumotlariga ko‘ra, YMBning hududiy ofisi bilan bir qatorda, bombali jo‘natmalar Yevroguruh rahbari Yerun Deysselblum va Moliyaviy barqarorlik Yevropa fondi rahbari Klaus Reglingga yuborilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur tashkilotlar Gretsiyaga yordam dasturining ishtirokchisi hisoblanadi.

“Jo‘natmalar sakkiz mamlakatga yuborilgan”, — deb xabar qilgan axborot agentligining manbalaridan biri.

Gretsiya politsiyasi Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining mansabdorlariga yuborilgan sakkizta bombali jo‘natmani aniqlab, zararsizlantirgan. Bombali jo‘natmalar Afina yaqinidagi pochta bo‘limida aniqlangan.

Politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, jo‘natmalar ichidan portlovchi mexanizm topilgan. U Gretsiyadan jo‘natilgan va 16-martda Parijda Xalqaro valyuta fondi xodimining qo‘lida portlagan mexanizmga o‘xshash.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют