» » The New York Times Donald Tramp tomonidan bildirilgan ayblovga javob qaytardi

The New York Times Donald Tramp tomonidan bildirilgan ayblovga javob qaytardi


AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan xiyonatda ayblangan The New York Times gazetasi bunga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Ushbu ayblov gazetada AQSh Rossiya energotizimiga kiberhujumlarni kuchaytirgani haqida maqola e’lon qilingach bildirilgan edi.

“Matbuotni xiyonatda ayblash xavfli”, — deyiladi gazetaning Twitter’dagi sahifasida. Ta’kidlashicha, gazeta maqolani chop etishdan oldin hukumat vakillariga ko‘rsatib olgan.

Maqolada Qo‘shma Shtatlar so‘nggi yilda Rossiya energiya tizimiga kiberhujumlar sonini ko‘paytirgani haqida yozilgan. Gazeta ushbu maqolani hukumatning sobiq va hozirgi amaldorlari tomonidan berilgan ma’lumotlarga tayanib yozgan. Maqolada maxsus xizmatlar energotizimning ayrim ehtiyot qismlarini ishdan chiqaradigan va ma’lumotlarni yig‘adigan dastur yaratgani haqida gap boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют