» » Rasman: “Barselona” himoyachisini fransuz klubiga sotib yubordi

Rasman: “Barselona” himoyachisini fransuz klubiga sotib yubordi


“Barselona” himoyachisi Serxio Palensiya “Sent-Etyenn” klubiga o‘tdi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy saytida xabar berildi.

Fransuzlar Palensiya uchun “Barselona”ga 2 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. Shuningdek, uning natijalariga qarab, kataloniyaliklar 1 million yevroga ega bo‘lishi mumkin. Serxio yangi jamoasi bilan 2023-yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi.

Agar fransuz klubini uni boshqa jamoaga sotadigan bo‘lsa, “Barselona” 20 foiz ulushga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Palensiya o‘tgan mavsumni “Bordo” safida ijarada o‘tkazgandi. U 2018/19-yilg mavsum Fransiya chempionatida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют