» » O‘zbekistonliklar asosan Qozog‘iston va Rossiyaga ko‘chib ketmoqda

O‘zbekistonliklar asosan Qozog‘iston va Rossiyaga ko‘chib ketmoqda


Joriy yil yanvar—iyun oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekistondan xorijiy davlatlarga ko‘chib ketganlar soni 4 847 kishini tashkil qildi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Shundan 56,3 foizi Qozog‘iston, 36,9 foizi Rossiya, 1,2 foizi AQSh, 1 foizi Isroil, qolgan 4,6 foizi esa boshqa davlatlarni tanlagan.

Yil boshidan beri doimiy yashash uchun O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar soni 1361 kishini tashkil etdi. Shundan 29,7 foizi Qozog‘iston, 24,2 foizi Tojikiston, 22,3 foizi Rossiya, 14,3 foizi Qirg‘iziston, 9,5 foizi boshqa mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Migratsiya saldosi minus 3,5 ming kishiga yetdi va 2018-yilning shu davriga nisbatan minus 6,2 ming kishini tashkil etdi.

Migratsiya darajasi yuqoriligi Qashqadaryo (minus 3,3 ming kishi), Samarqand (minus 2,5 ming kishi) va Qoraqalpog‘istonda (minus 1,7 ming kishi) qayd etildi. Migratsiyaning ijobiy saldosi Toshkent shahrida (plyus 12,9 ming kishi) kuzatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют