» » Andrey Sharipov Qozog‘istondagi “Temir Odam” kubogining yettinchi bosqichida g‘alaba qozondi

Andrey Sharipov Qozog‘istondagi “Temir Odam” kubogining yettinchi bosqichida g‘alaba qozondi


20—21-iyul kunlari Qarag‘andada bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston Respublikasining triatlon bo‘yicha V yozgi Spartakiadasi doirasidagi “Temir Odam” kubogining VII bosqichida o‘zbekistonlik Andrey Sharipov eng yaxshi natija qayd etdi. Bu haqda Triatlon federatsiyasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mazkur musobaqada Nur-Sulton, Chimkent, Moskva, Toshkent va Qarag‘anda viloyatlaridan tashrif buyurgan 38 nafar individual sportchi va 2 ta estafeta jamoasi 750 metrga suzish, 20 kmga mo‘ljallangan velopoyga va 5 kmga yugurish musobaqalarida bellashdi.

Erkaklar o‘rtasida o‘zbekistonlik sportchi Andrey Sharipov musobaqadagi eng yaxshi natijani — 1 soat 2 daqiqa 30 soniyani qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. Ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa “Temir Odam” kubogining 2018-yilgi g‘olibi Asel Sadvokasova (Nur-Sulton) 1 soat 23 daqiqa 7 soniya natija bilan shohsupaning yuqori o‘rnidan joy oldi. Qayd etish joiz, Andrey Sharipov va Asel Sadvokasova ketma-ket ikki yil “Temir Odam” kubogining Qarag‘anda bosqichida g‘alaba qozondi.

Jamoaviy bellashuvlarda esa 1 soat 11 daqiqa 6 soniya natija bilan Qarag‘anda viloyatining Drive Team jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, bu Andrey Sharipovning ushbu musobaqadagi navbatdagi g‘alabasi hisoblanadi. Avvalroq u 12—26 may kunlari Taraz va Shimkent shaharlarida bo‘lib o‘tgan “Temir Odam” kubogining ikkinchi va uchinchi bosqichlarida birinchi o‘rinni egallagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют