» » O‘zbekiston Kubogi. Polvonovning goli OKMKga g‘alaba keltirdi, “Bunyodkor” esa “Qizilqum”ni yirik hisobda yutdi

O‘zbekiston Kubogi. Polvonovning goli OKMKga g‘alaba keltirdi, “Bunyodkor” esa “Qizilqum”ni yirik hisobda yutdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichi doirasida 3-avgust, shanba kuni 4 ta uchrashuv yakuniga yetdi.

Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qildi.

O‘yin davomida “qaldirg‘ochlar” a’zolari Xurshid G‘iyosov (20), Yevgeniy Chumak (31), sanjar Qodirqulov (58) urgan gollar toshkentliklarning “Qizilqum” ustidan yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa “Bunyodkor” musobaqaning chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Oqtepa”—“Ittifoq-N” uchrashuvida esa asosiy vaqt 4:4 hisobida yakunlangan bo‘lsa, penaltilar seriyasida “Oqtepa” 5:4 hisobida ustun keldi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Mirjalol Qosimov boshliq Olmaliqning OKMK klubi esa “Mash’al”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limning 109-daqiqasida esa Olmaliq klubi hujumchisi Zafar Polvonov raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa OKMK o‘z uyida “Mash’al”ni Polvonovning goli evaziga mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning 1/4 finaliga chiqdi.

Shu kuni “So‘g‘diyona” o‘z uyida “Zomin”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvda “So‘g‘diyona” vakillari Kaxi Maxaradze (10), Sardor Qulmatov (37), Ivan Nagayev (40, 81), Elyor Orifov (53) va Nikola Milinkovich (89) gollarga mualliflik qilgan bo‘lsa, zominliklardan Azamat Roziqov (74) o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

O‘yin yakuniga ko‘ra, “So‘g‘diyona” “Zomin” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (6:1).

O‘zbekiston Kubogi

1/8 final bahslari

3-avgust, shanba

Gollar: 1:0 — 45, avtogol, Yozilov, 2:0 — 78 Toshmirzayev, 2:1 — 81, penalti, Xolmatov, 3:1 — 90 Ismoilov, 3:2 — 90+1 Qosimov, 3:3 — 90+3 Mirzabekov, 3:4 — 110 Davronov, 4:4 — 115, penalti, Purishkin

Gollar: 1:0 — 20 G‘iyosov, 2:0 — 31 Chumak, 3:0 — 58 Qodirqulov

Gol: 1:0 — 109 Polvonov

Gollar: 1:0 — 10 Maxaradze, 2:0 — 37 Qulmatov, 3:0 — 40 Nagayev, 4:0 — 53 Orifov, 4:1 — 74 Roziqov, 5:1 — 81 Nagayev, 6:1 — 89 Milinkovich

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют