» » Samarqand viloyatida 2017-yilda 237 kilometr yo‘l ta’mirlanadi

Samarqand viloyatida 2017-yilda 237 kilometr yo‘l ta’mirlanadi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ko‘pdan buyon o‘z yechimini kutayotgan muammoni hal etishda muhim hujjat bo‘ldi. Shu munosabat bilan “Zarafshon” gazetasi muxbiri Adham Hayitov “Samavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti bosh muhandisi Abdurauf Isoqovga murojaat qildi, deb xabar bermoqda “1news.uz”.

Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va ta’mirlash dasturiga muvofiq, viloyatimizda ikki yil ichida 479 kilometr yo‘l va ko‘chalarni ta’mirlash ko‘zda tutilgan. Shu yilning o‘zida esa investitsiya dasturiga asosan umumfoydalanuvdagi “Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi”, “Samarqand aylanma yo‘li”da ta’mirlash, qayta qurish ishlari olib boriladi.

Abdurauf Isoqov, “Samavtoyo‘l” bosh muhandisi

Adham Hayitov, shuningdek, to‘liq ta’mirlanishi kutilayotgan yo‘llar haqida ham ma’lumot berdi.

Xalqaro va davlat ahamiyatidagi umumfoydalanuvdagi “Toshkent – Termiz” yo‘lining Samarqand tumaniga kirish qismidagi 6 kilometrlik hudud Nev Tech Samarkand qurilish tashkiloti tomonidan to‘la ta’mirdan chiqariladi. “Samarqand – Juma– Kattaqo‘rg‘on” avtoyo‘lining Darg‘om kanali ustida yil oxiriga qadar ko‘prik qurib bitkaziladi. Shuningdek, “Samarqand – Ayniy” avtomobil yo‘lining 0–2 kilometri, “Zarafshon trakti”ning Ishtixon tumanidan o‘tuvchi 61,3–69-kilometri to‘liq ta’mirlanadi.

Abdurauf Isoqov, “Samavtoyo‘l” bosh muhandisi

“Samavtoyo‘l” bosh muhandisi 2017-yilda Samarqand viloyatida 237 kilometr ta’mirlanishi kutilayotgani aytib, buning uchun 28 milliard 39,1 million so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishini ta’kidladi.

2017-yilning o‘zida viloyatda 237 kilometr yo‘lni kapital va joriy ta’mirlash ko‘zda tutilgan. Buning uchun 28039,1 million so‘m mablag‘ o‘zlashtiriladi. Shuning yarmi respublika, qolgan yarmi mahalliy budjet hisobidan bajariladi. 2018-yilda esa dasturga muvofiq 242 kilometr yo‘lni ta’mirlash rejalashtirilgan. O‘z-o‘zidan ravshanki, mavjud yo‘llarni ta’mirlash, saqlash uchun katta hajmdagi ishlarni bajarishga to‘g‘ri kelardi. Nega deganda yo‘l xo‘jaligi yaxlit imorat yoki inshoot emas. Bugun qurilgan yo‘lda transport harakati boshlanadi. Dehqoncha qilib aytganda, bir tomondan quraverasan, ikkinchi tomondan yana ta’mirlashga to‘g‘ri keladi. Yo‘lning tez ishdan chiqish omillari esa juda ko‘p. Shuning uchun endi har bir tumanda yo‘l qurilishi va foydalanish bilan shug‘ullanadigan ikkitadan idora tashkil etiladi. Biri yo‘l xo‘jaligi bo‘lsa, ikkinchisi mintaqaviy korxona hisoblanadi. Ya’ni, biri tuman markazlari, qishloqlar ichki yo‘llarini sozlash bilan shug‘ullansa, mintaqaviy korxona umumfoydalanuvdagi yo‘llarni ta’mirlaydi, sozlaydi.

Abdurauf Isoqov, “Samavtoyo‘l” bosh muhandisi

Adham Hayitov viloyatdagi qishloq avtomobil yo‘llari talabga javob bermasligini aytib o‘tdi.

Yo‘llarimizning bugungi ahvoliga kelsak, ochig‘i, qishloq avtomobil yo‘llari ham belgilangan sifat va xavfsiz harakatlar talablariga javob bermaydi. Mazkur farmon ijrosidan kelib chiqib, shu yilning o‘zida bir qator qishloq yo‘llarida ta’mirlash va to‘la ta’mirlash ishlari olib borish belgilangan.

Abdurauf Isoqov, “Samavtoyo‘l” bosh muhandisi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 7) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют