» » Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasidan revansh olish uchun Uzbek Tigers Hasanboy Do‘stmatovni chaqirdi

Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasidan revansh olish uchun Uzbek Tigers Hasanboy Do‘stmatovni chaqirdi


Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 5-turida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi 1-aprel kuni Toshkentda Qozog‘istonning Astana Arlans bokschilariga qarshi bahs olib boradi.

Poytaxtdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida o‘tkaziladigan muhim uchrashuvda “Uzbek Tigers” jamoasi sharafini bokschilar himoya bo‘ldi, deb yozadi “Sports.uz”. O‘zbekistonlik boskchilar tarkibi quyidagicha:

-49 kilogramm: Hasanboy Do‘stmatov (Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari chempioni);

-56 kilogramm: Abdulhay Shorahmatov (O‘zbekiston chempioni);

-64 kilogamm: Elnur Abduraimov (Jahon chempionati sovrindori);

-75 kilogramm: Isroil Madrimov (Osiyo o‘yinlari kumush medal sovrindori);

+91 kilogramm: Zuhriddin Mahkamov (O‘zbekiston chempioni).

Mavzuga doir: Qatorasiga ikkinchi yirik g‘alabasidan keyin Uzbek Tigers guruhda 2-o‘ringa ko‘tarildi. Astana Arlans hamon yaqqol peshqadam

Eslatib o‘tamiz,  WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan 4 ta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyin Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilishga erishdi. 4-turda esa O‘zbekiston jamoasi China Dragons’ni 5:0 hisobida yutdi va safardagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi.

Mavzuga doir: Yengilmagan Astana Arlans muddatidan avval pley-offda. Uzbek Tigers’ning imkoniyati qanday?

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют