» » Astana Arlans jamoasi Uzbek Tigers’ga qarshi janglar uchun Toshkentga eng kuchli bokschilarini olib keladi

Astana Arlans jamoasi Uzbek Tigers’ga qarshi janglar uchun Toshkentga eng kuchli bokschilarini olib keladi


Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 5-turida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi 1-aprel kuni Toshkentda Qozog‘istonning Astana Arlans bokschilariga qarshi bahs olib boradi.

Poytaxtdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida o‘tkaziladigan muhim uchrashuvda Uzbek Tigers jamoasi sharafini himoya qiladigan bokschilar haqida ma’lumot berilgandi. “Sports.uz” nashri bo‘lajak janglarda Qozog‘iston sharafini himoya qiladigan bokschilar tarkibini ma’lum qildi.

-49 kilogramm: Temirtas Jusupov (Osiyo chempioni);

-56 kilogramm: Ilyos Suleymenov (Osiyo o‘yinlari g‘olibi);

-64 kilogamm: Dilmurod Mijitov (Qozog‘iston chempionati sovrindori);

-75 kilogramm: Saparbay Aydarov (Qozog‘iston chempioni);

+91 kilogramm: Anton Pinchuk (Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi).

Mavzuga doir: Qatorasiga ikkinchi yirik g‘alabasidan keyin Uzbek Tigers guruhda 2-o‘ringa ko‘tarildi. Astana Arlans hamon yaqqol peshqadam

Eslatib o‘tamiz,  WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan 4 ta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyin Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilishga erishdi. 4-turda esa O‘zbekiston jamoasi China Dragons’ni 5:0 hisobida yutdi va safardagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi.

Mavzuga doir: Yengilmagan Astana Arlans muddatidan avval pley-offda. Uzbek Tigers’ning imkoniyati qanday?

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют