» » Toshkentda “Superkontrakt” asosida o‘qishga kiritishni va’da bergan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi

Toshkentda “Superkontrakt” asosida o‘qishga kiritishni va’da bergan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi


8-avgust kuni Yakkasaroy tumani IIO FMBga Qashqadaryo viloyatida yashovchi 51 yoshli Aynovat K.V. muqaddam sudlangan 64 yoshli Ibodulla E. va Tog‘aymurod E.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab, ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

2017-yil yoz faslida Ibodulla va Tog‘aymurod da’vogarning qizi, Qarshi davlat universitetiga o‘qishga kira olmagan 31 yoshli Nafosat K.ni Chirchiq pedagogika universitetiga “super kontrakt” asosida kiritish bo‘yicha yordam berishni taklif qildi. Buning uchun ular Aynavotdan 3 400 AQSh dollari so‘ragan. Ayol Ibodulla va Tog‘aymurodlarga ishonib, 2017-yil 26-avgustdan 20-sentabr kuniga qadar Shayxontohur tumanidagi “Labzak” mehmonxonasi oldida ularga kelishilgan mablag‘ni bo‘lib-bo‘lib to‘lagan.

Tergov jarayonida Ibodulla E. va Tog‘aymurod E. kuz faslida Qashqadaryo viloyatida yashovchi 56 yoshli Nuriddin A.ga ham shunga o‘xshash taklif bildirgan. 23 yoshli o‘g‘li Ortiq A.ni Chirchiq pedagogika universitetiga “superkontrakt” asosida o‘qishga kiritishga yordam bermoqchi bo‘lgan Ibodulla va Tog‘aymurodga ishongan Nuriddin 3 100 AQSh dollarini 2017-yil sentabr—oktabr oylari mobaynida Yakkasaroy tumanidagi “Bobur” istirohat bog‘i oldida ularga berib yuborganligi aniqlandi.

Ammo ikkala sherik va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Hozirda ikkala holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют