» » Olimlar Xitoydagi yangi virus bilan zararlanganlar umimiy sonini hisoblab chiqdi

Olimlar Xitoydagi yangi virus bilan zararlanganlar umimiy sonini hisoblab chiqdi


Yangi turdagi koronavirus bilan zararlangan odamlar soni bir yarim mingdan oshishi mumkin. London Imperial kolleji yuqumli kasalliklar tahlili markazi olimlari shunday xulosaga kelgan.

Olimlar hisob-kitobiga ko‘ra, virusni yuqtirib olganlar soni 1 723 ming nafarni tashkil qilgan. Ushbu natija Xitoy tashqarisida virus bilan zararlanish holatlari kuzatilgan holatlar hisob-kitobi tahlili asosida olingan.

“Bu tadqiqot yuqish masalasini hal qilmaydi, lekin o‘tkir respiratorli sindrom virusi va Yaqin Sharq respiratorli koronavirusi epidemiyalari tajribasiga asoslangan holda virus mustaqil tarzda odamdan odamga o‘tishi mumkinligini inobatga oldi”, – deb xulosa qilinadi Markaz hisobotda.

Virus tarqalgan Uxan shahri hokimligi kasallik tarqalishi bo‘yicha yana 17 ta holat kuzatilganini bildirgan. Ayni vaqtda kasallikka chalingan odamlar soni yana 62 nafarga ko‘paygan va ulardan ikki nafari vafot etgan.

11-yanvar, shanba kuni ilgari noma’lum bo‘lgan koronavirusdan birinchi odam — keksa yoshli erkak pnevmoniyaga sabab bo‘ladigan infeksiya tufayli vafot etgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xubey viloyatida ushbu virus bilan zararlanish bo‘yicha 59 ta holat kuzatilgan. Oqibatda infeksiya noma’lum turga mansub koronavirus deb topilgan. Kasallikka chalinish holatlari Tailand va Yaponiyada ham kuzatilgan. O‘zbekiston TIV Xitoyda tarqalgan yangi virus sababli u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2020, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют