» » Pensionerlarning shaxsiy kartochkalari elektron ko‘rinishga o‘tkazildi

Pensionerlarning shaxsiy kartochkalari elektron ko‘rinishga o‘tkazildi


O‘zbekiston Moliya vazirligining qarori (pdf) bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozadi Norma.

Shaxsiy kartochkalar (shaxsga pensiyalar tayinlash bo‘yicha komissiya qarori asosida tayinlangan pensiya va nafaqalar haqidagi ma’lumotlar qayd etiladigan hujjatlar) endi faqat elektron ko‘rinishda yozib boriladi va axborot tizimida rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, Pensiya va nafaqalarning bank plastik kartochkalari orqali to‘lash uchun mablag‘larni o‘tkazish Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan axborot tizimi orqali elektron shaklda taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasi va qaydnoma asosida amalga oshiriladi.

Pensioner va nafaqa oluvchining bank plastik kartochkalariga mablag‘lar kirim qilingan sana, pensiya va nafaqalar to‘langan sana deb hisoblanadi.

Bank plastik kartochkalariga mablag‘lar pensionerlar va nafaqa oluvchilar vafot etgan sanadan so‘ng kirim qilingan hollarda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari ularni Pensiya jamg‘armasi hisobvarag‘iga vafot etgan pensionerlar va nafaqa oluvchilarning hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘lar hisobidan qaytarish to‘g‘risida tegishli tijorat banklari filiallariga xat yuborish orqali qaytarish choralarini ko‘radi.

Опубликовано: admin (12-04-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют