» » Deyna Uayt UFС tarixidagi eng yaxshi to‘rt nafar jangchini aytdi. Ular orasida Habib va Konor yo‘q

Deyna Uayt UFС tarixidagi eng yaxshi to‘rt nafar jangchini aytdi. Ular orasida Habib va Konor yo‘q


UFC prezidenti Deyna Uayt ushbu promoushen tarixidagi eng yaxshi to‘rt nafar jangchining nomlarini aytdi.

Qayd etish joiz, tashkilot rahbari ushbu ro‘yxatga yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov va ikki vaznda promoushen sobiq chempioni Konor Makgregorni kiritmadi.

“Agar eng yaxshi to‘rt nafar jangchi haqida gapiradigan bo‘lsak, Roys Greysini (90-yillar boshidagi UFC’ning birinchi musobaqalari g‘olibi) tanlash zarur. Buning sababi aniq. Shuningdek, Amanda Nunyesni ham ta’kidlash kerak. U — UFC tarixdagi eng yaxshi ayol jangchi.

Ochig‘i, yana ikkitasini tanlashga qiynalyapman. Jon Jonsni tanlayman. U biron marta ham yutqazmagan. To‘rtinchi o‘ringa esa Chak Liddellni qo‘yaman. O‘sha vaqtlarda u UFC tarixidagi eng katta yulduz edi. Ammo, Chak Liddell va Forrest Griffin o‘rtasida tanlov qilish xuddi tanga tashlashga o‘xshaydi”, — dedi Uayt.

Mavzuga doir: Deyna Uayt faoliyatini yakunlagan Konor haqida: Kim men bilan ketishni xohlamasa, avtobusdan yo‘qolsin

Ma’lumot uchun, Deyna Uayt 2001-yildan beri UFС prezidenti hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют