» » Video: Isroilni harakatdan to‘xtatadigan ikki daqiqa — Xolokost qurbonlari xotirasi uchun motam sirenasi

Video: Isroilni harakatdan to‘xtatadigan ikki daqiqa — Xolokost qurbonlari xotirasi uchun motam sirenasi


Isroilning barcha shaharlarida 24-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da Xolokost qurbonlari xotirasi uchun motam sirenasi yangradi, deb yozadi TJournal.

An’anaga ko‘ra, signal chalinishi boshlanishi bilan ko‘chalarda harakat ikki daqiqaga to‘xtaydi, odamlar esa sukut saqlagani ko‘yi qurbonlar xotirasiga hurmat bajo keltiradi.

Yevropa yahudiyligi fojiasi va qahramonligi kuni arafasida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu chiqish qilib, Gitlerga qarshi koalitsiya kuchlari yahudiylar qirib tashlanayotgani haqida 1942-yildayoq axborotga ega bo‘lgani haqida aytib o‘tdi.

“Yangi tadqiqotlar dahshatli ma’lumotlarni oshkor qilmoqda: agar jahonning katta mamlakatlari qirg‘in lagerlariga qarshi kurash boshlaganida edi, ular 4 million yahudiy va yana ko‘plab million boshqa odamlarni qutqarib qolgan bo‘lardi. Katta mamlakatlar bu haqda bilgan, biroq hech qanday chora ko‘rmagan”, — deya qayd etdi Netanyaxu.

Yom xa-Shoa sanasi (Yevropa yahudiyligi fojiasi va qahramonligi kuni) Isroil parlamenti tomonidan 1951-yilda belgilangan. Shu kuni Isroilda davlat bayroqlari tushiriladi, barcha ko‘ngilochar joylar, xususan, teatrlar, kinoteatrlar va konsert zallari yopiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют