» » AQShda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish yoz oxirlariga borib yo‘lga qo‘yilishi mumkin

AQShda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish yoz oxirlariga borib yo‘lga qo‘yilishi mumkin


AQSh farmatsevtika kompaniyalari koronavirusga qarshi vaksinani yoz oxirlariga borib ishlab chiqarmoqchi. Bu haqda prezident Donald Tramp administratsiyasidagi manbasiga tayanib Reuters xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, vaksina uchun materiallarni, taxminan, 4-6 oydan keyin ishlab chiqarish boshlanadi.

Tramp administratsiyasi COVID-19’ga qarshi to‘rtta vaksinani ishlab chiqarishni moliyalashtiradi. AQShda 2021-yil yakunigacha 300 million doza vaksina ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Reuters manbasining aytishicha, koronavirus infeksiyasiga qarshi terapevtik preparatlarning klinik sinovlari bir necha hafta ichida o‘z natijalarini berishi mumkin, bu esa kuzgacha yuz minglab dozalarni ishlab chiqarish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, AQShning koronavirus vaksinasini yaratishni tezlashtirib, yil so‘ngigacha tayyor qilmoqchi ekanligi haqida aprel oyi oxirlarida Bloomberg xabar bergandi. Agentlik buning uchun farmatsevtika kompaniyalari, davlat va harbiy muassasalar kuchlarini birlashtiruvchi loyiha tayyorlanayotganini ma’lum qilgan.

“Biz bu borada faol ishlayapmiz”, — degan edi Donald Tramp may oyida Fox News telekanaliga bergan intervyusida. Shuningdek, AQSh prezidenti Amerika kompaniyalari koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqsa, mamlakatning uni xorijdagi boshqa davlatlarga pullab daromad qilmoqchi emasligini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 05:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют