» » Qatar chempionati. Sardor Rashidov jamoasi restartni mag‘lubiyat bilan boshladi, Sardordan golli uzatma

Qatar chempionati. Sardor Rashidov jamoasi restartni mag‘lubiyat bilan boshladi, Sardordan golli uzatma


Futbol bo‘yicha Qatar yulduzlar Ligasining 18-turida “Qatar” 24-iyul, juma kuni “Ar-Rayyon”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Sardor Rashidovning uzatmasidan keyin Kayke Rodriges mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq mehmonlar bunga ikkita gol bilan javob qaytardi. Birinchi bo‘lim yakuni arafasida Yosin Ibrohimi penaltini aniq bajargan bo‘lsa, 84-daqiqada Yoan Boli g‘alaba to‘pini kiritdi.

Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov 89-daqiqada zaxiraga olindi.

Shu tariqa mavsum restartini mag‘lubiyat bilan boshlagan “Qatar” 17 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi. “Rayyon” (41) esa 2-pog‘onada ketmoqda.

Qatar yulduzlar Ligasi

18-tur bahsi

24-iyul, juma

Gollar: 1:0 – 10 Kayke, 1:1 – 40, penalti Ibrohimi, 1:2 – 84 Boli.

“Qatar”: Jasim Odil, Ar-Robiay, Baqsh, Galves, Al-Amadi, Hamad Mansur (Abdulaziz Odil, 75), Xolid Mahmudi, Barrahma, Rashidov (Ali Auad, 89), Ahmad, Kayke.

“Ar-Rayyon”: Fahad Yunis, Nkom, Traore, Merkado, Ismoil, Ibrohimi, Hatim, Maqsud (Soriya, 72), Xolid Mufta, Auad (Al-Harozi, 45), Boli.

Ogohlantirishlar: Baqsh (5), Ibrohimi (45), Ar- Robiay (52), Mahmudi (55), Boli (55).

Chetlatish: Mahmudi (87).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют