» » Prezidentning Xalq va virtual qabulxonalariga Yashnobod tumanidan 16 ming shikoyat tushdi

Prezidentning Xalq va virtual qabulxonalariga Yashnobod tumanidan 16 ming shikoyat tushdi


O‘zbekiston Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining navbatdagi sayyor qabuli Toshkent shahrining Yashnobod tumani aholisi uchun tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qabulda Yashnobod tumanidan boshqa tumanlardan ham ko‘plab fuqarolar qatnashdi.

Prezidentimizning Xalq qabulxonasi va Virtual qabulxonasiga tumanimizdan 16 mingdan ortiq shikoyat tushgan. Hokimlik tomonidan hal etilishi zarur bo‘lgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib, hal etishga harakat qilmoqdamiz. Lekin hali bu borada qilishimiz zarur bo‘lgan ishlar juda ko‘pligiga bugungi qabul jarayonida amin bo‘ldik. Murojaatlar asnosida ishimizni qaytadan, to‘g‘ri tashkil etamiz.

Dilmurod Turdiyev, Yashnobod tumani hokimi 

Ichki ishlar organlari bilan bog‘liq bo‘lgan propiska, fuqarolik va sohaga ishga kirish masalalari aholini ko‘proq qiziqtirmoqda.

Qabul davomida Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari ham ularni bevosita qabul qilib, barcha masalalar qonun doirasida hal etiladigan bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 03:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют