» » Janubiy Koreya sobiq prezidentining yordamchisi Kim Chen In komaga tushgan bo‘lishi mumkinligini aytdi

Janubiy Koreya sobiq prezidentining yordamchisi Kim Chen In komaga tushgan bo‘lishi mumkinligini aytdi


Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Kim De Chjunning yordamchisi Chan Son Minning fikricha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bir necha oydan buyon koma holatida yotibdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“O‘ylashimcha, u komada, biroq u o‘lmagan”, — deya ta’kidlagan Chan Son Min.

Uning taxmin qilishicha, so‘nggi vaqtlarda televideniyeda ko‘rsatilgan Kim Chen Inning omma oldiga chiqishi haqida barcha tasvirlar montaj qilingan.

Uning ta’kidlashicha, Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjonga hukumatdagi bo‘shliq sababli mamlakat yetakchisi majburiyatlarining bir qismi yuklatilgan.

Chan Son Minning aytishicha, vakolatlarni to‘liq o‘tkazish darajasiga hali yetib kelinmagan, hukumatdagi bo‘shliqni uzoq vaqt ushlab turishning imkoni yo‘qligi sababli Kim Yo Chjon birinchi qatorga chiqqan.

Avvalroq KXDR rahbari Kim Chen In o‘z vakolatlarining bir qismini singlisi Kim Yo Chjonga bergani va uni mamlakat hukumatidagi ikkinchi odamga aylantirgani, shuningdek, bir guruh boshqa amaldorlarga yangi vakolatlar berilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning aprel oyi oxirida turli OAVlar Kim Chen Inning yuragi operatsiya qilingani va sog‘lig‘i yomonlashgani, hatto uning vafot etgani haqida xabarlar bergan. Bu xabarlar ortidan Shimoliy Koreyada hukmron Mehnat partiyasining matbuot organi bo‘lgan Rodong Sinmun gazetasi ommaga 20 kun ko‘rinmagan Kim Chen Inning o‘g‘it zavodi ochilishida tushgan fotosuratlarini e’lon qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 109) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют