» » Superliga. “Mash’al” jamoasi “Buxoro”dan ustun keldi

Superliga. “Mash’al” jamoasi “Buxoro”dan ustun keldi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 12-turining so‘nggi o‘yini 26-avgust, chorshanba kuni “Mash’al” va “Buxoro” jamoalari o‘rtasida kechdi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida Sardor Abduraimov muborakliklarni oldinga olib chiqdi. Shu hisob o‘yin yakunigacha o‘zgarmay qoldi.

Shu tariqa “Mash’al” ochkolarini 16 taga yetkazib oldi va 8-o‘rinda ketmoqda. “Buxoro” (6) esa so‘nggi o‘rindan joy olgan.

Coca-Cola Superliga

12-tur bahsi

26-avgust, chorshanba

Gol: 1:0 – 25 Abduraimov.

“Mash’al”: Rahimjon Davronov, Najmiddin Normurodov, Sirojiddin Rahmatullayev, Nikita Pavlenko, Ella Ken Arman (Jahongir Abdusalomov, 77), Jamoliddin Ubaydullayev, Abbos Shodmonov, Sardor Abduraimov (Denis Vasilev, 81), Sirojiddin Qo‘ziyev, Samandar Shukurillayev, Humoyun Murtozayev (Zafarbek Akramov, 90+5).

“Buxoro”: Zafar Safayev, Mirjalol Jumayev, Bobir Amanov, Anvar Jo‘rayev (Boburbek Farhodov, 79), Jasur Hakimov, Jasur Hasanov (Zohir Pirimov, 79), Behruz Sa’dulloyev (Izzatilla Abdullayev, 61), Bekzod Saidov (Suhrob Ne’matov, 66), Ergash Ismoilov, Aziz Amonov (Shahzod Beshimov, 66), Solibek Karimov.

Ogohlantirishlar: Amonov (25), Saidov (59), Karimov (64), Rahmatullayev (66).

Superliga 12-turidan keyin musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют