» » Nurmat Otabekov qo‘shni davlatlar bilan chegaralar qachon ochilishi haqidagi masalaga aniqlik kiritdi

Nurmat Otabekov qo‘shni davlatlar bilan chegaralar qachon ochilishi haqidagi masalaga aniqlik kiritdi


O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish ko‘rsatkichi chegaralarni ochish bilan bog‘liq ishlarni kechiktirishni taqozo etadi. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov tomonidan ma’lum qilingan.

Bugungi kunda Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi bilan birgalikda barcha turdagi xalqaro qatnovlarni tiklash bo‘yicha xorijiy mamlakatlar bilan muzokaralar olib borilmoqda va qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilyapti. Qo‘shni davlatlar bilan chegaralar ochilishi va fuqarolarning undan chiqib kirishiga ruxsat berish uchun epidimiologik vaziyat aynan shuni taqozo qilishi kerak. Hozirgi paytdagi kasallanish ko‘rsatkichi chegaralarni ochish bilan bog‘liq ishlarni paysalga solishni taqozo qilyapti. Aks holda kasallik chetdan kirib kelib tarqalishi ehtimoli yuqori ekanligini unutmasligimiz kerak.

Nurmat Otabekov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways AJ xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarni qayta tiklashini ma’lum qilgan. 16-avgustdan 31-avgustgacha xalqaro qatnovlarning va mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarning bir qismi majburiy bekor qilingan edi. Kompaniya sentabrdan boshlab 4 davlat bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklashi mumkinligi haqida bildirgan. Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev “Kommersant”ga bergan intervyusida O‘zbekiston Rossiya bilan xalqaro aviaqatnovlarni sentabr oyi davomida tiklashi mumkinligini aytgan. 

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют