» » Arturo Vidal “Barselona”ni tark etadigan bo‘ldi. U Italiyaga qaytmoqda

Arturo Vidal “Barselona”ni tark etadigan bo‘ldi. U Italiyaga qaytmoqda


“Barselona” yarim himoyachisi Arturo Vidal faoliyatini “Inter” safida davom ettiradi, deb xabar bermoqda taniqli futbol jurnalisti Fabritsio Romano.

Romanoga ko‘ra, Vidal 20-sentabr, yakshanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Milanga boradi. “Inter” chililik futbolchi uchun “Barselona”ga 1 million yevro beradi.

Avvalroq Vidalning Kataloniya klubi bilan shartnomasini bekor qilgani ma’lum qilingandi. Shuningdek, Arturo “Inter” bilan shaxsiy shartnoma borasida ham kelishib olgan. Unga ko‘ra, Vidal Milan klubida yiliga bonuslardan tashqari 6 million yevro maosh oladi. Uning shartnomasi esa 2022-yil 30-iyuniga qadar amalda bo‘ladi. Shartnomani bir yilga uzaytirish imkoniyati bor.

Ma’lumot uchun, Vidal “Barselona” sharafini 2018-yildan beri himoya qilib kelayotgandi. Unga qadar esa futbolchi “Bavariya”, “Yuventus” va “Bayer Leverkuzen” jamoalari safida harakat qilgan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют