» » Xabarovskda ayiqlar yo‘lda tushib qolgan bir tonnaga yaqin baliqni paqqos tushirdi 

Xabarovskda ayiqlar yo‘lda tushib qolgan bir tonnaga yaqin baliqni paqqos tushirdi 


Xabarovsk o‘lkasining Nikolayevsk tumani hududida ayiqlar yo‘lda tushib qolgan bir tonnaga yaqin baliqni yeb qo‘ydi. Bu haqda tuman ma’muriyati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

“Yuk mashinasi baliqchilik xo‘jaligidan mahsulotlarni olib kelayotganda Nikolayevskka yaqin joydagi balandlikda yukning bir qismi — bir tonnaga yaqini yo‘lda tushib qoldi. Daryolarda hozir ozuqa kam, ayiqlar baliqning hidini sezib, yo‘lga chiqdi va hammasini yeb qo‘ydi”, — deydi tuman ma’muriyati favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Shaligin.

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur hodisa fotolari paydo bo‘ldi. Ularda baliqlarga to‘la yo‘l va tanovul bilan band 4 ta ayiq aks etgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-08-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют