» » Keniyaning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘olib chiqib, ikkinchi muddatga qayta saylandi

Keniyaning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘olib chiqib, ikkinchi muddatga qayta saylandi


Keniyaning amaldagi prezidenti Uxuru Keniata umumiy saylovlarda 54,27 foiz ovoz to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Reuters agentligi saylov komissiya raisi Vafula Chebukatiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Keniataning raqibi, mamlakat sobiq bosh vaziri Raila Odinga 44,74 foiz ovoz to‘plagan. Shunday qilib amaldagi prezident, ikkinchi besh yillik muddatga qayta saylandi.

Avvalroq, Keniya muxolif koalitsiyasi saylovlarning dastlabki natijalarini inkor etgan edi. Odinga saylov komissiyaning ma’lumotlar bazasi xakerlik hujumiga uchragani sabab umumiy saylov natijalari o‘zgartirilgan deya ma’lum qilgandi. Biroq Keniya mustaqil saylov komissiyasi ushbu e’tirozni rad etdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-08-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 22) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют