» » O‘zbekistonlik 400 mingga yaqin mehnat muhojiri Rossiyadan “deport” qilingan va “qora ro‘yxat”ga kiritilgan

O‘zbekistonlik 400 mingga yaqin mehnat muhojiri Rossiyadan “deport” qilingan va “qora ro‘yxat”ga kiritilgan


O‘zbekistonlik 400 mingga yaqin mehnat muhojiri Rossiyadan deportatsiya qilingan va “qora ro‘yxat”ga kiritilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari vazifasini bajaruvchi Xo‘jabahlil Asomov ma’lum qildi, deya xabar beradi “1news.uz”.

“Hozirda agentlik rossiyalik sheriklar bilan mehnat muhojirlarini mazkur ‘qora ro‘yxat’dan chiqarish va Rossiyaga kirishga taqiq muddatini kamaytirish ustida ishlamoqda, — dedi Asomov.

Asomovga ko‘ra, mehnat muhojirlarining deportatsiyasi asosan ularning huquqiy ma’lumotga ega emasligi, ya’ni u yoki bu davlat qonunlarini bilmaslik tufayli ro‘y beradi. 

Agentlik rahbarining ta’kidlashicha, bugungi kunda Rossiyada o‘zbekistonlik 1,5 millionga yaqin mehnat muhojiri ishlab turibdi. Ulardan 60 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-10-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 1) ( 29) ( 0)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей...