» » O‘zbekistonda birinchi marta buyrak va jigar bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda birinchi marta buyrak va jigar bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazishga ruxsat berildi


Vazirlar Mahkamasi “Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar bo‘lagini transplantatsiya qilish tartibi haqida vaqtincha nizom”ni tasdiqladi. Tegishli qaror matni “Lex.uz” saytida keltirildi.

Qarorga muvofiq, surunkali buyrak va jigar kasalliklarining terminal bosqichidagi bemorlarni yuqori texnologiyali ixtisoslashgan tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida ushbu nizom tasdiqlanmoqda. Hujjat “Inson organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish haqida”gi qonun kuchga kirgunicha amal qiladi.

Nizomda aytilishicha, donor va retsipiyent orasidagi yaqin qarindoshlik aloqalarini isbotlovchi hujjatlarga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, shuningdek, qarindoshlik rishtalarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar kiradi. Hujjatlarni haqiqiyligini tasdiqlovchi isbotlar haqidagi majburiyatlar donor va retsipiyent zimmasiga yuklanadi.

Transplantatsiya faqat quyidagi davlat tibbiyot tashkilotlarida amalga oshiriladi:

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy jarrohlik tibbiyot markazi;

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi;

Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi;

Transplantatsiya qilish retsipiyentga o‘zining jabrlangan va hayot uchun muhim faoliyatini bajarolmasdan, uning sog‘lig‘iga qaytarib bo‘lmaydigan asoratlarga olib kelayotgan buyrak yoki jigar bo‘lagi o‘rniga tirik yaqin qarindoshlari orasidan sog‘lom bo‘lakni ko‘chirib o‘tkazish maqsadida bajariladigan operativ amaliyotdir.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-10-2017, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют