» » Shayxontohurda 4 nafar niqobli shaxs Vеstminstеr univеrsitеti talabasining uyiga bostirib kirib, 25 ming dollarni olib chiqib ketdi

Shayxontohurda 4 nafar niqobli shaxs Vеstminstеr univеrsitеti talabasining uyiga bostirib kirib, 25 ming dollarni olib chiqib ketdi


Toshkent shahar Shayxontohur tumani hududida 14-noyabr kuni taxminan soat 23:55 da to‘rt nafar noma’lum shaxs Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti talabasining uyiga kirib, 25 ming AQSh dollari va boshqa qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda UzNews xabar berdi.

Shayxontohur tumani IIBda berilgan xabarga ko‘ra, to‘rt nafar noma’lum shaxs jabrlanuvchilarning uyiga kirib, pichoq bilan tahdid qilgan. Ular oila a’zolarining oyoq-qo‘llarini bog‘lab, yuz qismlariga jarohat yetkazgan. Niqobli shaxslar Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti talabasining tadbirkor otasiga tegishli 25 ming AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.

Shuningdek, talabaning onasiga tegishli bo‘lgan bahosi to‘rt million so‘mlik uyali aloqa telefonini hamda pasportini ham o‘g‘irlagan. Jinoyatchilar voqea joyidan yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 4-qism “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 29) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют