» » Shavkat Mirziyoyev I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi


Toshkentda I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali tashkil etilganiga o‘n yil to‘lgani munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2007-yil O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur ta’lim dargohida o‘n yil davomida ko‘plab yetuk mutaxassislar tayyorlandi. Ayni vaqtda ushbu maskanda 730 nafardan ko‘proq talaba ta’lim olmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan mamlakat neft-gaz tarmog‘i uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qo‘shgan katta hissasi uchun I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Tadbirda yuksak mukofot Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasasi bayrog‘iga qadab qo‘yildi.

– O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanishlarni qo‘llab-quvvatlaymiz, – deydi I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining prorektori Vladimir Koshelev. – Toshkentdagi filialimiz har jihatdan mukammal bo‘lib, bu yerda tahsil olayotgan talaba-yoshlar ham katta salohiyatga ega. Shu bois kelgusida filial faoliyatini yanada kengaytirish, yangi yo‘nalishlar ochish mo‘ljallanmoqda.

Ta’kidlash joizki, kuni kecha universitetning Qashqadaryo mintaqaviy bo‘limi ochildi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 12-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori hamda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumga muvofiq tashkil etildi.

Опубликовано: admin (6-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют