» » Qonunchilik palatasida OAV va jurnalistlar faoliyatini himoya qilishga oid qonun loyihalari korib chiqildi

Qonunchilik palatasida OAV va jurnalistlar faoliyatini himoya qilishga oid qonun loyihalari korib chiqildi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida OAV va jurnalistlar kasb faoliyatini himoya qilishga daxldor qonun loyihalari birinchi oqishda korib chiqildi. Bu haqda palata axborot xizmati xabar bermoqda.

Deputatlar oz ishini Ommaviy axborot vositalari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini korib chiqishdan boshladi.

Mazkur qonun loyihasi rivojlangan demokratik mamlakatlar AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribasi, OAV sohasidagi xalqaro shartnomalarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

Parlament vakillariga kora, qonun qabul qilinishi OAV faoliyati erkinligi, axborotlardan erkin foydalana olishi, ularni davlat organlarining gayrihuquqiy qarorlari, mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligidan himoya qilishni taminlovchi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. OAVni royxatdan otkazish togrisidagi arizalarni korib chiqish jarayonini soddalashtirish, shuningdek, internet global tarmogidagi veb-saytlarni OAV sifatida royxatdan otkazish tartibini takomillashtirish muhim jihat hisoblanadi.

Bundan tashqari, jurnalistlar va ijodiy jamoalarni ularga soliqlar va boshqa majburiy tolovlar boyicha imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etish, moliyaviy va ijtimoiy yordam korsatish yoli bilan davlat tomonidan qollab quvvatlashning huquqiy mexanizmlari belgilanadi. Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, fondlar faoliyatini tashkil etish, tahririyatlar xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga alohida etibor qaratiladi.

Shundan song Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish togrisidagi qonunga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi korib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasini qabul qilishning dolzarbligi jurnalistlik faoliyati erkinligi, hozirgi zamon xalqaro tajribasi va qonun hujjatlarini hisobga olgan holda jurnalistlarning huquqiy maqomi, akkreditatsiya qilish instituti tushunchasi hamda akkreditatsiya qilingan jurnalistlarning huquqlari belgilanishini taminlovchi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish zarurati bilan bogliq.

Deputatlarning takidlashicha, qonun loyihasi davlat organlari faoliyatining ochiqligini taminlashda hamda jamoat manfaatlariga molik dolzarb masalalarni yoritishda jurnalistlarning nufuzini oshirish maqsadini kozlaydi. Mass-media vakillariga jurnalistlik faoliyatini amalga oshirishda qoshimcha huquqlar beriladi.

Muhokama yakunlariga kora deputatlar mazkur qonun loyihalarini konseptual jihatdan maqullab, birinchi oqishda qabul qildi. Masul qomitaga kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ushbu hujjatlarni ikkinchi oqishda korib chiqish uchun tayyorlash topshirildi.

: admin (7-12-2017, 21:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
:
-
:
20 ... -