» » Shavkat Mirziyoyev Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazining takomillashtirilgan loyihasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazining takomillashtirilgan loyihasi bilan tanishdi


Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘ida bunyod etilayotgan Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazining takomillashtirilgan loyihasi bilan tanishdi, deb xabar berdi O‘zA.

O‘zbekiston Prezidenti joriy yilning 28-oktabr kuni Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi barpo etilayotgan hududda bo‘lib, buyurtmachi va quruvchilar oldida turgan vazifalar, tashkiliy va moliyaviy masalalarni joyida muhokama qilgan, loyihalarni yanada takomillashtirish, qurilishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Shavkat Mirziyoyev topshiriqlar ijrosi yuzasidan takomillashtirilgan loyihalarni yana bir bor ko‘zdan kechirdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyuldagi “Toshkent shahrining markaziy qismini obodonlashtirish va arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi va poytaxt mehmonlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzurida Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi ob’ektlarni qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha direksiya tuzilgan.

Shavkat Mirziyoyev xalqaro ishbilarmonlik markazining ma’muriy binosida bo‘ldi. Bu yerda yaratilayotgan loyihalar, ish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazining takomillashgan konsepsiyasiga ko‘ra, bino va inshootlar turli qurilish tashkilotlari tomonidan barpo etilmoqda. Loyihalarni O‘zbekiston ishbilarmonlari Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning investorlari bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda. Prezident qurilishga jalb qilingan investorlar bilan suhbatlashdi. Ularning fikrlari va tashabbuslari bilan qiziqdi.

Shavkat Mirziyoyev Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazida qurilayotgan bino va inshootlarning bir-biriga uyg‘un bo‘lishi, dizayn jihatidan biri ikkinchisini to‘ldirishi kerakligini ta’kidladi.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют