» » 2017-yilda Jizzax viloyati prokuraturasiga kelib tushgan murojaatlar asosida 2425 fuqaroning huquqlari tiklandi

2017-yilda Jizzax viloyati prokuraturasiga kelib tushgan murojaatlar asosida 2425 fuqaroning huquqlari tiklandi


Jizzax viloyati prokuraturasiga 2017-yilda 18 ming 652 murojaat kelib tushgan. Bu 2016-yilda qilingan murojaatlarga nisbatan 2 ming 633 taga ko‘pdir, deb xabar beradi O‘zA.

Shuningdek, viloyat prokuratura organlari tomonidan 6 ming 460 fuqaro bevosita qabul qilingan. Ushbu murojaatlar va qabullar davomida 2 ming 425 fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanib, bu ko‘rsatkich 2016-yilga yilga nisbatan uch barobar ko‘paygan.

Bu haqda viloyat prokurorining xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasidagi axborotida ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuniga qat’iy rioya qilinishi ustidan nazorat kuchaytirilgani natijasida aholining prokuratura organlariga ishonchi ortmoqda, deb ta’kidlandi sessiya chog‘ida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют