» » O‘zbekiston birja savdolarida Qozog‘iston sementi paydo bo‘ldi

O‘zbekiston birja savdolarida Qozog‘iston sementi paydo bo‘ldi


O‘zbekistonning Respublika tovar-xomashyo birjasida 2018-yil yanvaridan Qozog‘istondan import qilingan sement sotuvga qo‘yilmoqda. Bu haqda birja saytida xabar berilgan.

Import qilingan sementning sotuvchilari sifatida Agro Lina va IV Stal Invest kompaniyalari ishtirok etmoqda. Xabar berishlaricha, mahsulot Toshkent shahridagi omborxonadan yetkazib beriladi.

O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, sement, qurilish oynasi, qora metall prokati va boshqa alohida turdagi mahsulotlarni import qilishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyoz berilgan.

Ushbu mahsulot va xom ashyo turlari faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinadi. Importyorlar mazkur tovarlarni birja orqali sotishda bojxona imtiyozlaridan erkin foydalanishi mumkin.

Qayd etishlaricha, birjaning qurilish mollari segmentidagi savdolarda har kuni o‘rtacha mingga yaqin mijoz ishtirok etib, 300 dan ziyod bitimlar tuzilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют