» » Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining XIV yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi senatorlar tomonidan ma’qullandi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Majlis ishtirokchilarini qonun loyihasi bilan Senatning mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Farrux Dadaxo‘jayev tanishtirdi.

Mazkur qonun Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining huquqiy va qonuniy asoslarini DXX maqomi, faoliyat predmeti, vakolatlarini aniq belgilab beradi.

Qonunga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vakolati etib, razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish kiradi. Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksidagi 300 dan ortiq moddadan faqat 17 tasi bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishi mumkinligi belgilandi.

Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish DXX faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida qayd etildi. Terrorizmga qarshi kurashish, xalqaro hamkorlikni amalga oshirish borasida DXX zimmasiga muhim funksiyalar yuklanmoqda. Qonunda shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati Prezidentga bevosita hisobdor ekanligi, Prezident DXX ustidan bevosita nazoratni amalga oshirish belgilangan. Hech kim DXXning qonuniy faoliyatiga aralashishi mumkin emas, DXX xodimlarini qonun bilan zimmasiga yuklatilmagan vaziflarni bajarishga majburlashga hech kimning haqqi yo‘q.

Senat yalpi majlisi davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют