» » Toshkentda bojxonachilar tomonidan O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilayotgan mahsulotlar aniqlandi

Toshkentda bojxonachilar tomonidan O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilayotgan mahsulotlar aniqlandi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari sifati kafolatlanmagan dori-darmon hamda oziq-ovqat mahsulotlarini O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘ydi, deb xabar beradi Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Jumladan, “Keles” temir yo‘l chegara bojxona postida “Moskva — Toshkent” yo‘lovchi poyezdida kirib kelgan fuqaro J. Usmonovning (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, unda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan hamda bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilmagan 735 dona turli dori vositalari borligi aniqlandi. Xorijda ishlab chiqarilgan 21 turdagi mazkur dori-darmonlarning umumiy qiymati 24 million so‘mdan oshar ekan.

Shuningdek, mazkur post xodimlari xuddi shu yo‘nalishda kirib kelgan yo‘lovchi poyezdning yana bir yo‘lovchisi F. Qosimovning qing‘ir qilmishlariga chek qo‘ydi. Bojxona nazoratidan o‘tish vaqtida ushbu shaxs qiymati 23 million 400 ming so‘mlik 4680 dona saqichlarni yashirincha olib o‘tishga uringani fosh bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют