» » Andijondagi 15 mingdan ortiq fermerlar 11,1 mingdan ziyod oila bilan hamkorlik qilmoqda

Andijondagi 15 mingdan ortiq fermerlar 11,1 mingdan ziyod oila bilan hamkorlik qilmoqda


O‘zbekiston hududlaridagi xonadonlar fermer xo‘jaliklariga biriktirilgan bo‘lib, mulkdorlar tomorqa egalariga har jihatdan ko‘maklashmoqda. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, buning uchun aholi xonadonlari va dehqon xo‘jaliklarida qiyosiy xatlov ishlari amalga oshirilib, har bir xonadon bo‘yicha ma’lumotnomalar rasmiylashtirilgan. Xatlov jarayonida aholining ekin turlarini joylashtirish bo‘yicha takliflari o‘rganilib, fermer xo‘jaliklari bilan hamkorligi kelishilgan.

Mamlakatning barcha hududlarida bu borada keng miqyosdagi vazifalar bajarilmoqda. Misol uchun, Andijon viloyatda 15 mingdan ko‘proq fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Ularga 11,1 mingtadan ortiq oila biriktirilgan bo‘lib, umumiy ekin maydoni 5,59 gektarni tashkil etadi. Hozirda 2,95 gektarga turli qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish uchun 1,9 ming kilogrammdan ziyod turli ekinlarning urug‘i va 18,9 mingtadan ziyod mevali daraxt ko‘chatlari tarqatildi.

Bu esa tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, eksportbop mahsulot yetishtirish, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda qo‘l kelmoqda. Shuningdek, tomorqa egalari va fermerlar o‘rtasida zanjirsimon hamkorlikni rivojlanishini ta’minlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют